26 May 2023
485
Avtobus ehtiyot qismini oʻgʻirlash holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga koʻra, nomaʼlum shaxs avtobus parkining devoridan oshib oʻtib, u yerda turgan “MAN” rusumli avtobusning 25.000.000 soʻmlik taxografini oʻgʻirlab ketgan.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 44 yoshli Azizjon M. aniqlanib, qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov davom etmoqda.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati