11 May 2020 1225

Avtomashina o'g'risi Nazarbekda ushlandi

10 may kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi R.M. Zangiota tumani IIBga ariza bilan murojaat qiladi. Arizada ko'rsatilishicha, 8 may kuni “Baliqchi” mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi tanishi A.U. ning uyiga xasharga borgan. Boshqaruvidagi “Spark” avtomashinasini A.U. ning uyi oldida joylashgan qurilishi tugallanmagan uyga olib kirib qo'yib, 9 may soat 06:30 larda kelib qarasa, avtomashinasi joyida yo'q ekan. SHu bois ichki ishlar xodimlaridan mashinasini topib berishlarini so'rab, ariza bilan murojaat qilgan.

Ko'rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni A.U. ning uyida yollanib ishlayotgan, Qashqadaryo viloyati, CHiroqchi tumanilik B.R. sodir etganligi aniqlanib, avtomashinani Nazarbek qo'rg'oni hududida haydab ketayotgan vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага