Avtomashina oldi-sotdi jarayonida firibgarlarga aldanib qolmang!
Bundan qariyb ikki yil oldin Kasbi tumani “Qamashi” mahallasida yashovchi tadbirkor Q.U.dan Mirishkor tumani Jeynov qishlog‘ida yashovchi S.O. “Nexia” rusumli avtomashinasini 38.000.000 so‘mga narxlab, pulini tezda berishni vaʼda qilib olib ketadi. S.O. avtomashinani egasiga bildirmasdan 2020 yil avgust oyida Mirishkor tumani “Avvona” MFYda yashovchi K.X.ga 26.000.000 so‘mga sotib yuboradi. Bu kamlik qilgandek, S.O. 2021 yil iyun oylarida Q.U.dan 20 tonna sement mahsulotini 20 million so‘mga sotib olib, shundan 7 million so‘mini berib, qolgan 13 mln. so‘mini bermasdan kelgan.
Oxiri toqati toq bo‘lgan tadbirkor tuman IIBga ariza berdi. Holat yuzasidan Kasbi tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati