5 Yanvar 2021 4535

Avtomashinalar to'qnashuvi oqibatida “Kobal`t” haydovchisi vafot etdi

Shu yil 3 yanvar` kuni soat 11:30 larda Namangan-Andijon yo'lining 2 km.da Namangan tumani eshobod MFY hududida Neksiya rusumli avtomashinani Namangan shahar yo'nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo'nalishga o'tib ketib, o'zining yo'nalishida harakatlanib kelayotgan Kobal`t rusumli avtomashina bilan to'qnashgan.

Natijada, Kobal`t haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. Kobal`t rusumli avtomashinada bo'lgan 3 nafar yo'lovchi (haydovchining oila a'zolari) bosh miya yopiq shikasti, bosh miyani og'ir darajada lat eyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Neksiya rusumli avtomashina haydovchisi ham tos suyagining sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo'yicha Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага