29 Avgust 2022
862
Avtomobil salonidan pnevmatik qurol chiqdi
2022-yil 27-avgust kuni soat 01:30 larda Toshkent shahar, M.Ulugʻbek tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari X.Zokirov va T.Razzoqovlar tomonidan, Choʻlpon koʻchasi boʻylab harakatlanib kelayotgan, haydovchi, 1991-yilda tugʻilgan I.X. boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan tegishli hujjatlari boʻlmagan pnevmatik qurol topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro I.X. va qurol M.Ulugʻbek tumani IIO FMBga topshirilgan.
IIV JXD YHXX Axborot xizmati