Ayol – jamiyat gultoji
Shu bois ayolga cheksiz hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi. Bugungi kunda tuman hokimi va sektor rahbarlari ham hududlardagi mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy daftarlarga kiritilgan, muammosi bor xotin-qizlar masalalarini o‘rganish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazishmoqda.
Samarqand tuman 3-sektor rahbari A.A.Raxmatov tashabbusi bilan tuman xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari M.Baratova ishtirokida Nayman, Qaynama, Navbog‘, Zaxlik, Ipakchi mahallalarida yashovchi xotin-qizlar bilan uchrashdi. Qabulda ayollar tomonidan bandlik, uy-joyini taʼmirlash, bir martalik moddiy yordam, kredit masalalari, salomatligini tiklashda amaliy yordam, “Ayollar daftari”ga kiritish yuzasidan murojaatlar tushdi. Raximova Manzuraning oziq-ovqat so‘rab qilgan murojaati sektor rahbari tomonidan joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan murojaatlar esa tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati