18 Iyun 2020 4082

Ayol nomiga munosib bo'lishi kerak

Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning turmush tarzini yaxshilashga doir bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Bundan kimdur oqilona foydalanib hayotda va jamiyatda o'z o'rnini topmoqda. Bu quvonarli hol, lekin oramizda shunday  “AYOL” nomidagi kimsalar borki, ular engil yo'l bilan kun ko'rishni afzal bilib, jirkanch ishga ham qo'l ura oladilar. 

SHulardan biri, Qarshi shahar, CHo'lquvar mahallasida yashovchi S. G bo'lib, u o'zi yashab turgan xonadonga tanishi S. M va uning bir kunlik jazmani X. S ni jinsiy aloqa qilishi uchun 50 ming so'm evaziga sharoit yaratib bergan.

 Ushbu holat Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB profilaktika inspektorlari katta leytenant U. Xolliev,  leytenant S. Ziyodov va HPB XQMB katta inspektori podpolkovnik Z. Rustamova ishtirokida aniqlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismiga ko'ra tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага