Ayol suratlarini tarqatmoqchi boʻlgan erkak qoʻlga olindi
Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi 32 yoshli (ayol) Sh.N. oʻzini “Timur” deb tanishtirgan telegram messenjeri foydalanuvchisi bilan tanishib qolganligi va unga oʻzining behayo fotosuratlarini yuborganini, ushbu fotosuratlarini tarqatib yuborish bilan qoʻrqitib, “Timur” undan 1.300 AQSH dollari pul talab qilayotganligini maʼlum qilgan.
Oʻrganish davomida, “Timur” ismidan foydalangan shaxs aslida Xorazm viloyati, Urganch shahrida yashovchi 34 yoshli (erkak) F.B. ekanligi, onlayn tanishuvlarda “Timur” ismidan foydalanib kelganligi aniqlandi.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, F.B. talab qilingan pullar oʻrniga fuqaro N.Sh.dan “Samsung Galaxy S20» telefoni va 100 AQSH dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Jinoyat sodir etgan F.B. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Qonunga muvofiq, F.B. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi