23 Noyabr 2022 367

Ayoldan 50.000.000 soʻm pullarni qaytarib berish evaziga olib, aldagan shaxs qamoqqa olindi

Fargʻona shahrida 2022-yil 13-oktyabr kuni H.M IIBga murojaat qilib, unda 2020-yil 28-dekabr kuni nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, bir oy muddatda berishini aytib undan jami 50.000.000 soʻm pullarini olib ketib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.F sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага