Bank kartasidan pullarni oʻzlashtirgan shaxs qoʻlga olindi
Buxoro viloyati Kogon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.M., IIBga ariza bilan murojaat qilib, oʻz nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasini yoʻqotib qoʻyganligini, shu kunning oʻzida bank kartasidan 11.242.000 soʻm pullari nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olinganligini maʼlum qilib, jinoyatchiga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi 1994-y.t. S.M., sodir etganligi aniqlangan.
S.M. ushbu jinoyatni jabrlanuvchi dorixonadagi xaridlarni amalga oshirish vaqtida bank kartasi pin-kod raqamini aytganida uni eslab olib, bank kartasi jarlanuvchi tomonidan unutib qoldirilganida pullarni oʻzlashtirganligi maʼlum boʻldi.
S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi