23 Yanvar 2023
599
Bank plastik kartadan pul oʻgʻirlaganning shaxsi aniqlandi
Qumqoʻrgʻon tumanida 2023-yil 9-yanvar kuni tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi, B.Bobur (ism-shariflar oʻzgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022-yil 8-noyabr kuni bank plastik kartasidan nomaʼlum shaxs 1.545.000 soʻm pulini yechib olganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrilgan choralar natijasida, ushbu oʻgʻirlikni shu tumanda yashovchi S.Salim sodir etganligi aniqlanib, ushlangan va ashyoviy dalil olingan.
16-yanvar kuni S.Salimga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati