4 Fevral 2023 893

Bankomatni oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga olindi

2023-yil 25-yanvar kuni E.T. “102” qisqa raqamga qoʻngʻiroq qilib, Kattaqoʻrgʻon tumani “A.Navoiy” mahallasi “A.Navoiy” koʻchasida oʻrnatilgan bankomat shoxobchasidan nomaʼlum shaxslar tomonidan bir dona bankomat qurilmasi ichida boʻlgan 720.000.000 soʻm miqdordagi pullari bilan oʻgʻirlab ketilganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida Kattaqoʻrgʻon tuman “Tavaron” mahallasi hududidagi tashlandiq joydan oʻgʻirlangan bankomat apparati boʻlaklarga boʻlingan holda topilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni qidirib topish boʻyicha olib borilgan surishtiruvlar davomida mazkur jinoyatni 1995-y.t. B.A., 1998-y.t. O.Z., 1994-y.t. B.N. va 1994-y.t. X.O.lar sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxslar qoʻlga olinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага