31 May 2020 998

Befarqlik va o'zboshimchalik 6 yoshli bolaning vafotiga sabab bo'ldi

Joriy yilning 30 may kuni soat 19:30 larda, Jizzax viloyati, SH.Rashidov tumani, Ravalliq mahallasi, Gulshan ko'chasida, haydovchi 1959 y.t. T.N. (erkak) “Gaz-69” rusumli transport vositasida stol-stullarni, shu ko'chadagi yashovchi N.Z.ning xonadoniga olib kelgan va mashinani qarovsiz qoldirgan.

Birga kelgan tanishi, 2005 y.t. S.e. (o'g'il bola) avtomobilni o'zboshimchalik bilan haydamoqchi bo'lib, yurgazib yuborishi natijasida voyaga etmagan piyoda, shu uyning oldida o'ynab yurgan, 2014 y.t. B.X.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, voyaga etmagan 6 yoshli B.X. (o'g'il bola) og'ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan SH.Rashidov tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Barcha haydovchilardan transport vositasini ochiq holda, kaliti bilan qarovsiz qoldirmasliklarini, ota-onalar farzandlariga e'tiborli bo'lishlarini so'rab qolamiz.

IIV YHXBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага