28 Dekabr 2021 4237

Bektemir tumanida tezkor tadbir davomida tovlamachilik qilgan fuqaro qo‘lga olindi

Joriy yilning 13 noyabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida joylashgan “Qo‘yliq dehqon bozori”da savdo sotiq bilan shug‘ullanuvchi ayol, 1982 yilda tug‘ilgan, asli Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani Qoroqchitol QFY Qorovultepa qishlog‘ida doimiy ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha Toshkent shahar Mirobod tumani Quyliqota ko‘chasida yashovchi Yu.Sh.dan 1986 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi bilan sudlangan, Toshkent shahar Mirobod tumanida yashovchi G.S. savdosidan tushgan pullarini tazyiq ostida zo‘rlik qilib yil mobaynida kunlik 200.000 so‘mdan 700.000 so‘mgacha pullarni olib ketishi, kunlik ulush bermagan taqdirda, sog‘ligiga jiddiy shikast yetkazish bilan qo‘rqitib kelayotganligi yuzasidan maʼlum qildi.

“Qo‘yliq dehqon bozori” oldida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, G.S. talab qilingan 1 million so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaroga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

IIV JQBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага