Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Toshkent shahriga keldi
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari Kengashida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenanti Ivan Kubrakov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida boʻlib, uning faoliyati va oʻquv xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Uchtepa tumanidagi huquq-tartibot maskani faoliyati bilan ham tanishib, mehmonlarga ish uslublari, istiqboldagi rejalar haqida soʻzlab berildi.
Soʻngra mehmonlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildilar, xususan, Markaziy Osiyodagi eng goʻzal va eng baland teleminoralardan biri – Toshkent teleminorasiga tashrif buyurdilar.
Hozirda Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasining Toshkent shahriga tashrifi davom etmoqda.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati