25 Yanvar 2023 634

Beshariq tumanida plastik kartadan pul yechib olgan shaxs aniqlandi

Beshariq tumanida B.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 4-oktyabr kunidan 31-oktyabr kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida nomaʼlum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, uning plastik kartasi hisobida boʻlgan 45.603.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, yechib olganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.T sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага