3 Oktabr 2022 2651

Beshariq tumanida sandiq ichidan bo‘lgan 1.000 AQSH dollar pullarini o‘g‘irlagan shaxs fosh bo‘ldi

Beshariq tumani. Toshariq mahalla hududida yashovchi Sh.Z ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 07 sentyabr kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib yashash xonadonidagi sandiq ichida bo‘lgan 1.000 AQSH dollar pullarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘irlik) “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan shaxs K.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага