25 May 2022 467

Beshariq tumanida uyali telefon apparatini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Beshariq tumani. M.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 5 may kuni nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, narxi 1.500.000 so‘mlik “Samsung A31” rusumli uyali telefon apparatini sotib olishini aytib, firibgarlik yo‘li bilan telefon apparatini qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linma tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni B.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага