25 May 2022 310

Bilim va ko‘nikmalar sinalmoqda

Ichki ishlar vazirligi akademiyasini “jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlayotgan kursantlar amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratyaptilar.

Bitiruvchi kurs vakillarining “Final-2022” kompleks o‘quv mashg‘ulotlari IIV huzuridagi jazoni ijro etish koloniyalarida tashkil etildi. Unda tajribali amaliyot xodimlari va taʼlim muassasasining Jinoyat-ijroiya huquqi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

Mashg‘ulot davomida kursantlar egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llash orqali belgilangan vazifalarni mustaqil ravishda bajardilar. Malakali mutaxassislar tomonidan mashg‘ulot jarayonida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Amaliy mashg‘ulot yakuni bo‘yicha har bir kursantning kasbiy mahorati reyting tizimi asosida baholandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага