22 Iyun 2022 224

Bir guruh faxriylar va xodimlarning ota-onalari taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 07-iyun kungi 135-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning 2022-yil 09-iyun kungi 109-sonli Farmoyishi tasdiqlandi. 

Ushbu farmoyishga asosan joriy yilning 10-iyun kundan 10-iyul kuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar organlarida “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni yuqori saviyada oʻtkazish belgilangan.

“Intizom oyligi” doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik I.Axmedov, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan masʼul xodim mayor V.Gafarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi xodimlari ishtirokida Taxtakoʻpir, Qoraoʻzak, Chimboy, Kegayli va Boʻzatov tumanlariga borib ichki ishlar boʻlimlari xodimlari bilan yigʻilish oʻtkazdi.

Tadbirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari I.Axmedov soʻzga chiqib, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini shakllantirish, ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qilish kerakligi hamda tizimda xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan respublika boʻyicha xodimlar bilan bogʻliq tartib-intizom buzish holatlari haqida maʼlumotlar oʻqib eshittirildi.

Tadbir yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari I.Axmedov oʻz xizmat vazifasiga vijdonan yondashib safdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga va yosh xodimlarga ustozlik qilib kelayotgan isteʼfodagi faxriylarga tashakkurnomalar berildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага