23 May 2022 392

Bir jinoyatni yashiraman deb boshqasiga qoʻl urdi

2022-yil 20-may kuni Qashqadaryo viloyati IIB TXTB JQB xodimi boshqarma boshligʻi nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 02:30 larda oʻtkazilgan tadbir davomida, “Nishon-Jayron” bekatlari oraligʻida, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqarolar 1997-y.t. A.X., 2004-y.t. M.A., 2004-y.t. X.Z., 2003-y.t. M.B. hamda 2004-y.t. N.M. “Qarshi MTU” UK “Aloqa va ishorat muassasasi” korxonasiga tegishli temir yoʻl izidan telefon hamda aloqa kabellarini belkuraklar yordamida kavlab, 15 metrini kesib oʻgʻirlab olib ketayotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish davomida fuqaro A.X. xodimga toʻplangan hujjatlar yuzasidan ishni oʻz foydasiga hal etish evaziga 2.000.000 soʻm pullarni pora sifatida taklif qilganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni, Qarshi transport prokuraturasi tomonidan Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB JQB xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida xodimning xizmat xonasida fuqaro A.X. taklif qilingan 2.000. 000 soʻm miqdordagi pullardan 1.995.000 soʻm pullarni bergan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага