3 Iyun 2023 1284

Boʻlajak kriminalistlarga tavsiyalar berildi

IIV Akademiyasida ekspert-kriminalistika sohasining zamonaviy imkoniyatlariga bagʻishlangan master-klass mashgʻuloti oʻtkazildi.

Kriminalistik ekspertizalar va Tergov faoliyati kafedralari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda vazirlik Ekspert-kriminalistika bosh markazi vakillari, ixtisoslik kafedralari professor-oʻqituvchilari va kursantlar ishtirok etdi.

Mashgʻulot davomida ekspert-kriminalistika sohasida qoʻllanilayotgan zamonaviy qurilmalar, ularning imkoniyatlari, ommaviy tartibbuzarliklarning oldini olishda maxsus texnika va vositalardan foydalanish videorolik tarzida koʻrsatib berildi.

IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshligʻi, polkovnik Saidolim Nuriddinov boshchiligidagi tajribali amaliyot xodimlari tomonidan kursantlarga zarur tavsiyalar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага