21 Iyul 2021 404

Boysun tumanida firibgar qo'y-qo'zilardan tushgan pullarni o'zlashtirib ketdi

Boysun tumanida 2021 yil 15 iyun` kuni tumanning “Shifobuloq” mahallasida yashovchilar, N.Matlab va Sh.Abdilar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda 2020 yil aprel` oylarida, tanishi tumanning “Ariqusti” mahallasida yashovchi, X.Sharof ularning ishonchiga kirib Sh.Abdining 1 bosh ho'kizini 10.800.000 so'mga va N.Matlubning 1 bosh qo'yini 1.150.000 so'm va 15 bosh qo'zilarini 17.250.000 so'm pulga hisoblab olib, pullarini o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan.

6 iyul` kuni X.Sharofga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага