17 Oktabr 2021 3980

Bozorda o'g'irlangan taqinchoqlar egasiga qaytarildi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 21 sentyabr` kuni, tumanning “Qo'ldovli” mahallasida yashovchi, N.Karima tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni tumanning “Do'stlik” mahallasi hududida joylashgan markaziy dexqon bozorida savdo qilib turgan vaqtida, 1.500.000 (bir million besh yuz ming) so'mlik turli bujuteriya taqinchoqlarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini tumanning “Surxon Sohili” mahallasida yashovchi, H.Surayyo sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.

4 oktyabr` kuni H.Suryyoga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага