20 May 2021 5156

Bulung'ur tumanida kelib chiqishi nomalum, sifatsiz go'sht mahsulotlari to'xtatib qolindi

Bulung'ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida IIB xodimlari tomonidan “Qashqadaryo-Toshkent” yo'nalishida harakatlanib kelayotgan M.F. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi to'xtatib tekshirilganida, yukxonasi hamda salon ichida veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan 141 kg. og'irlikdagi go'sht mahsulotlari olib ketilayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu avtomashina bilan birga harakatlanib kelayotgan, N.B. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi ham tekshirilganida, uning ham yukxonasi va saloni ichida veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan, kelib chiqishi noma'lum bo'lgan 46 kg. og'irlikdagi go'sht mahsuloti borligi aniqlandi.

ekspertiza tekshiruv natijasiga ko'ra, ushbu go'sht mahsulotlari iste'molga yaroqsizligi aniqlandi va tegishli tartibda yo'q qilindi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага