14 May 2022 760

Buvayda tumanida plastik karta hisobidan 9.000.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Buvayda tumani. 16-aprel kuni fuqaro Y.M IIBga murojaat qilib, unda shu kuni nomaʼlum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik karta hisobidan 9.000.000 soʻm pulini yashirin ravishda yechib olganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan va 9.000.000 soʻm pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага