24 Yanvar 2023 697

Buxoro shahrida ko‘p qavatli uy podyezdidan velosiped o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Nomaʼlum shaxs qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib tekin boylik orttirish maqsadida 2022 yil 28 dekabrdan 29 dekabr kuni o‘tar kechasi Buxoro shahar Q.Murtazoyev ko‘chasi 5/4-uy podyezdidan boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan, qarovsiz qoldirilgan bahosi 1 000 000 so‘mlik qora rangli velosipedni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB TB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan X.A. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага