24 Yanvar 2021 4464

Buxoro shahrida o'tkazilgan “Oriyat” maxsus tezkor profilaktik tadbiri davomida qo'shmachi ayol aniqlandi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda axloqqa qarshi huquqbuzarlik va jinoyatlarga qarshi kurashish borasida “Oriyat” nomli maxsus tezkor va profilaktik tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri 2021 yil 16 yanvar` kuni Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazildi.

Shu kuni kech soat 01:00 larda o'tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahar Zulfiya ko'chasida yashovchi, 1994 yilda tug'ilgan yakka tartibda ishlovchi  N.X., o'zining yashash xonadonida fuqarolar Sh.Sh. va A.A.larning jinsiy aloqa qilishlari uchun shart sharoit yaratib berib, buning evaziga Sh.Sh. dan 100.000 (yuz ming) so'm pul olib, g'arazli va past niyatlarda foxishaxona tashkil qilganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-son Ichki ishlar bo'limi tomonidan N.X. ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JK.ning tegishli moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага