2 Iyun 2023 889

Buxoro shahrida oʻzganing avtomashinasini qasddan yoqib yuborgan jinoiy guruh qoʻlga olindi

Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, 2023-yilning 26-may kuni taxminan soat 23:30 larda nomaʼlum shaxs oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, tekin boylik orttirish maqsadida Buxoro shahar Mustaqillik koʻchasidagi “Qaxxorov” oʻquv markazi oldidan oʻtuvchi yoʻl yoqasida nosoz holda (old gʻildiragi oʻqidan chiqib ketgan holatda) qarovsiz qoldirilgan Buxoro tumani “Gulshanobod” mahallasida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan O.A. ga tegishli boʻlgan “Jiguli” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiqligidan foydalanib, avtomashinaga kirib, uni bar qismidan pul yoki boshqa moddiy qimmatliklarni qidirib topa olmagach, dalillarni yoʻqotish va oʻzining jinoiy qilmishlarini yashirish maqsadida ushbu avtomashinaga qasddan oʻt qoʻyib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi hamda 173-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Alpomish koʻchasida yashovchi, 2010-yilda tugʻilgan voyaga yetmaganlar Q.S. va Buxoro shahar Alpomish koʻchasida yashovchi, 2009-yilda tugʻilgan R.Sh. lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlib sodir etganliklari aniqlangan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага