16 Iyun 2021 350

Buxoro shahrida qalbaki puldan foydalanmoqchi bo'lgan shaxs qo'lga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, Buxoro shahar Avshor mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug'ilgan h.M. dastlabki tergov davomida aniqlanayotgan boshqa shaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Buxoro shahridagi “Raxmatillo” MChJga tegishli bo'lgan savdo do'konidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, 2 dona soxta 100.000 so'mlik pul kupyuralari bilan hisob-kitob qilgan.

Viloyat IIB ekspert kriminalistika bo'limining xulosasiga ko'ra hujjatlashtirib olingan ushbu har ikkala 100.000 so'mlik pul kupyuralarining qalbaki ekanligi tasdiqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага