16 Iyul 2021 210

Buxoro tumani hokimligi zaxirasida bo'lgan er maydonini 8.000 AQSh dollariga baholab sotmoqchi bo'lgan firibgar qo'lga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.A. o'zga bir fuqaroni aldab, uning ishonchini suiiste'mol qilib, Buxoro tumani Rabotiqalmoq mahallasi hududidagi tuman hokimligi zaxirasida turgan 20,0 sotix er maydonini 8.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, Buxoro shahar B.Naqshband ko'chasida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Buxoro filiali binosi oldida kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага