Buxoro viloyati 3-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli Buxoro shahrida oʻtkazildi
Maʼlumki, aholi murojaatlariga oʻz vaqtida yechim topish, muammolarni joyiga borgan holda oʻrganish maqsadida sektor rahbarlari tomonidan joylarda bir qator ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, tasdiqlangan reja grafik asosida Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyevning navbatdagi sayyor qabuli, bugun, 28-yanvar kuni Buxoro shahar hokimligi binosida aholisi bilan oʻtkazildi.
Sayyor qabulda viloyat va shahar 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa taalluqli idoralar masʼullari ishtirok etdilar.
Qabulda koʻtarilgan fuqarolarning turli ijtimoiy-iqtisodiy hamda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, hududda «sohabay», «mahallabay» va «fuqarobay» ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi.
Ish yurituviga olingan, qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yoʻnalish boʻyicha topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati