17 Mart 2022 984

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyati Kengashining konferensiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan 2022 yilning 16 mart kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar organlarida mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza etish yuzasidan boshqarma maʼmuriyati va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi yuzasidan konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyaga Buxoro viloyati IIB ning xizmat sohalari, mustaqil boshqarmalari, IIV JIED 6-hududiy mintaqa 1,17,20-son JIEM lari va 4-son TH, Buxoro shahar IIO FMB va hududiy ichki ishlar organlarining boshliqlari, IIV Buxoro akademik litseyining boshlang‘ich kasaba uyushma raislari hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyati Kengashi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda 2021 yil yakunlari bo‘yicha jamoa shartnomasining bajarilishi masalalari muhokama qilindi.

2021 yilda 110 banddan iborat Jamoa shartnomasining barcha bandlari ijrosi bajarilganligi, hisobot davrida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasining 2 ta konferensiyasi va 23 ta qo‘mitaning yig‘ilishlari o‘tkazilganligi, bunda ishchi-xodimlarning mehnat va ijtimoiy huquqlari hamda manfaatlari himoya qilinib, xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilanganligi, ularning sog‘lomlashtirishga oid ishlar olib borilganligi alohida taʼkidlandi.

Xodimlar sanatoriylarda sog‘liqlarini tiklashi uchun yo‘llanmalar bilan taʼminlanganligi, oilaviy moddiy sharoiti og‘ir, yordamga muhtoj xodimlarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularga Nizomga muvofiq moddiy yordam ko‘rsatilganligi, shu bilan bir qatorda mehnat intizomini buzgan xizmatchilarga nisbatan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosalarining muhokamasi, bayramlar arafasida ayrim xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazilganligi, ish beruvchi tomonidan ishchi-xizmatchilarga oylik maoshlari va mehnat taʼtillari o‘z vaqtida berilayotganligi, bayramlar arafasida ishchi-xodimlar doimiy ravishda rag‘batlantirilayotganligi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага