31 Dekabr 2022 429

Buxoro viloyati IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markazida “Yangi yil” bayrami oʻtkazildi

Joriy yilning 30-dekabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Prokuraturasi, Milliy Gvardiya viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi masʼul rahbarlari ishtirokida Buxoro viloyati IIB JXX XPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish Markazida saqlanayotgan bolajonlar uchun “Yangi yil” bayram tadbiri tashkillashtirildi.

Tadbir davomida markazda saqlanayotgan bolajonlar holidan xabar olinib, bayram bilan samimiy muborakbod etildi va sovgʻalar ulashildi.

Buxoro harbiy gornizoni orkestrining chiqishlari, “Qorbobo” va “Qorqiz” ishtirokidagi teatrlashtirilgan tomosha, kuy va qoʻshiqlar bolajonlarga bayramona quvonch ulashdi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага