27 Avgust 2020 4175

Buxoro viloyati IIBga qarashli sektorlarda ish samaradorligini oshirish bo'yicha 13 ta ishchi guruhlar faoliyati yo'lga qo'yildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'iga gorizontal tartibda biriktirilgan G'ijduvon hamda Shofirkon tumanlari, shuningdek vertikal boshqaruv asosida viloyatning tuman (shahar) 3-sektorlari tarkibiga kiruvchi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlar va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasidagi topshiriqlarning bekamu-ko'st bajarilishini ta'minlash;

“Saxovat va ko'mak” umumhalq harakati, mahallalarda kam ta'minlangan, ijtimoiy ko'makka muhtoj va “Temir daftar” ga kiritilgan aholi, xotin-qizlar hamda yoshlar bilan ishlash;

joylarda oilaviy tadbirkorlik, shu jumladan hunarmandchilikni rivojlantirish, Pandemiya davrida faoliyati to'xtagan yoki tugatilgan tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini tiklash, investitsiya va eksport prognozlarining bajarilishi, yangi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish ob'ektlari faoliyatini yo'lga qo'yish orqali ish o'rinlarini yaratib, ishsiz aholining bandligini ta'minlash,

asosiy maydonlar, bog' va tokzorlar qator oralariga ekilgan ekinlardan kutilayotgan hosildorlik, samarasiz bog' va tokzorlarni yangilash, aholi tomorqa erlaridan unumli foydalanish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish hajmini ko'paytirish;

chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik sohalariga berilayotgan e'tibor va imkoniyatlarning qay darajada tashkil etilganligi, ularning hajmini ko'paytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

Pandemiya davrida bozorlar, savdo majmualarida narx-navolarning barqarorligi, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar zaxirasining yaratilganligi;

tadbirkorlik sub'ektlari, ishlab chiqarish korxonalarida mavjud muammolarini o'z vaqtida o'rganib hal qilish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, shaxsiy hamda sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarning hal etilganligi;

mahallarda yashovchi aholining turmush tarzi, kommunal sohalar, xususan elektr energiyasi, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi, obodonchilik ishlarining ahvolini o'rganib, amaliy yordam berish uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyatning 3-sektor a'zolaridan iborat ishchi guruhlari bilan joriy yilning 26 avgust kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Yo'riqnoma o'tkazilib, joylarga yuborildi.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad joylarda Prezidentimiz hamda Hukumatimiz belgilab bergan yuqoridagi vazifalarning hududiy sektor rahbarlari, mutasaddi idoralar mas'ullari tomonidan bajarilishi ahvolini o'rganib, ularga har tomonlama ko'mak berib, amaliy yordam ko'rsatishdir.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati 

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага