28 Yanvar 2021 4355

Buxoro viloyatida ko'p miqdordagi “opiy” giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo'lgan shaxslar qo'lga olindi

2021 yil 26 yanvar` kuni soat 15:00 larda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani va Buxoro viloyati G'ijduvon tumanlarida, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi va Navoiy viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Nazorat ostida olish” tezkor-qidiruv tadbiri davomida, tadbirga jalb qilingan “Shartli xaridorlar”ga Buxoro viloyati Qorako'l tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi, 1962 y.t. fuqaro I.A. o'zining jiyani va tanishlari bilan Buxoro viloyati, Qorako'l tumani, “Istiqlol” MFYda yashovchi, 1980 y.t. fuqaro A.G'., Buxoro viloyati, Qorako'l tumani, “Darg'ali” MFYda yashovchi, 1993 y.t. fuqaro e.O. hamda Buxoro viloyati, Qorako'l tumani, “Istiqlol” MFYda yashovchi, 1991 y.t. fuqaro A.I. bilan birga og'irligi 1 kg. 135 gramm bo'lgan “opiy” giyohvandlik moddasini 25.000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi jinoyat ishi qo'zg'atildi.

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага