22 Oktabr 2021 550

Buxoro viloyatida “taʼlim tizimi” da sodir etilgan jinoyatlarning sohabay muhokamasi oʻtkazildi

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Buxoro viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi majlislar zalida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi podpolkovnik Jonibek Boltayev ishtirokida taʼlim tizimi, umumtaʼlim maktablari rahbar va masʼul xodimlari, oʻqituvchi va oʻquvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar keng muhokama qilindi.

Yigʻilishda xalq taʼlimi tizimi mutasaddilari, umumtaʼlim maktablarining direktorlari va oʻqituvchi hamda oʻquvchi yoshlari tomonidan sodir etilayotgan barcha turdagi huquqbuzarlik, jinoyatlar, shuningdek, yoshlar oʻrtasida uchrayotgan suitsid va oʻz joniga qasd qilish holatlari, erta turmush hamda erta tugʻruq holatlari birma - bir muhokama qilinib, yosh avlodni tarbiyalashga masʼul boʻlgan mutasaddilarning jinoyatga qoʻl urishi achinarli hamda favqulodda holat ekanligi taʼkidlandi.

Kelgusida ushbu soha xodimlari va oʻquvchilari tomonidan barcha huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanib, oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага