Buxoroda avtomashinadan 7.000 dollar o'g'irligi fosh etilib, jabrlanuvchiga etkazilgan moddiy zarar to'liq qoplandi
2020 yilning 1 oktyabr` kuni soat 13:00 larda noma'lum shaxs, Buxoro shahar “Sharq” avtobekatidan “Sherbuddin” ko'chasi tomon burilish yo'li yoqasida turgan fuqaro A.Z. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinada bo'lgan G'ijduvon tumani Firishkent mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug'ilgan Sh.H. ga tegishli polietilen paketga solinib skotchlangan holdagi 7000 AQSh dollarni yashirin ravishda o'g'irlab ketganligi yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan xabar asosida, tergov-tezkor guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi JKning 169-modda 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Jinoyat ishi bo'yicha olib borilgan tezkor surishtiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 1994 yilda tug'ilgan Buxoro shahar Sherbidun ko'chasida yashovchi M.N.ismli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan 7.000 AQSh dollar pullar jabrlanuvchiga to'liq qaytarildi.
Hozirgi kunda jinoyat ishida gumon qilinuvchi M.N. ismli shaxsga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning shu turdagi boshqa jinoyatlarda daxldorlik holatlari o'rganilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati