1 May 2021 458

Buxoroda Davlat dasturlari doirasida ajratilgan kredit mablag'larini o'zlashtirgan tadbirkor qo'lga tushdi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Qorovulbozor tumani Alpomish ko'chasida yashovchi, 1991 yilda tug'ilgan “JFS” xususiy korxonasi norasmiy rahbari Sh.J., Samarqand viloyati Toyloq tumanida ro'yxatdan o'tgan “YS” oilaviy korxonasi rahbari Y.F. ga Xitoy xalq respublikasidan “Tsilyulyoza” ishlab chiqarish uskunasi to'plami olib berishni va'da qilib, uning ishonchiga kirgan holda aldab, “Yoshlar kelajagimiz” Dasturi doirasida ajratilgan 180.000.000 (bir yuz sakson million) so'm kredit mablag'larini yaqin qarindoshlarining bank plastik kartalariga ko'chirib, naqtlashtirib o'z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari Sh.J. o'zining jinoiy hatti-harakatlarini davom ettirib, “JFS” xususiy firmasi va “AP” oilaviy korxonasi o'rtasida 443.300.000 (to'rt yuz qirq uch million uch yuz ming) so'mga Xitoy xalk respublikasida ishlab chiqarilgan “Termoplast avtomat YJ(*)130” uchkunasi jamlanmasini etkazib berish yuzasidan kelishib, ”Har bir oila tadbirkor” Dasturi asosida ajratilgan imtiyozli kredit mablag'larini “AP” oilaviy korxonasi tomonidan “JFS” xususiy korxonasi hisob raqamiga olingan kredit mablag'larini o'tkazib berilishiga erishib, pullar o'tkazib berilganidan so'ng “AP” oilaviy korxonasiga “Termoplast avtomat YJ(*)130” uskunasi jamlanmasi o'rniga, boshqa turdagi qiymati arzonroq, ya'ni, 76.000.000 (etmish olti million) so'mlik “Termoplast aftomat YJ 120” uskunasi olib berib, qolgan 367.300.000 (uz yuz oltmish etti million uch yuz ming) so'm kredit mablag'larini yaqin qarindoshlarining bank plastik kartalariga ko'chirib naqtlashtirib olgan holda o'z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.J. ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага