12 Yanvar 2022 3999

Buxoroda firibgarlikka qo‘l urgan shifokor jinoyat ustida qo‘lga olindi

“Xavfsiz hudud” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, RSHTYOIM Buxoro filiali shifokori o‘zga bir fuqaroni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, uni vakolatli tanishlari orqali RSHTYOIM Buxoro filialiga hamshiralik ishiga kiritish evaziga 1000 AQSH dollari pora berishga dalolat qilib, ushbu muassasa hududida fuqarodan kimyoviy ishlov berilgan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага