Buxoroda “Intizom oyligi” doirasidagi tadbirlar
IIVning tegishli farmoyishi asosida oʻtkazilayotgan “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostidagi “Intizom oyligi” doirasida xodimlarni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, maʼnan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar va jasur etib tarbiyalash, ichki ishlar organlarida “Temir intizom”ni yoʻlga qoʻyish va qonuniylikni taʼminlash borasida viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida qator samarali ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, oylik doirasida bugun, 18-iyun kuni Shofirkon tumani IIBda shaxsiy tarkib bilan “Eng yaxshi sovgʻa - kitob” mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, inspektor-psixologlar tomonidan xodimlarning xizmat samaradorligini oshirish, jamoada sogʻlom ruhiy muhitni taʼminlash maqsadida psixologik seminar-trening ham tashkil etilib, jamoaviy tarzda turli motivatsion mashq va oʻyinlar bajarildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati