23 Noyabr 2022 366

Buxoroda jinsiy aloqa jarayonini video tasvirga olib, evaziga tovlamachilik yoʻli bilan pul talab qilgan ayol qoʻlga olindi

Romitan tumanida yashovchi 1993-yilda tugʻilgan ayol va shu tumanda yashovchi 1996-yilda tugʻilgan erkak yashirincha ishqiy munosabat qurishadi. 

Ammo, ayolning asli niyati boshqa edi. Erkak bilan birgalikda yashirincha qilgan jinsiy aloqa jarayonini shaxsiy telefoniga video tasvirga olib, ushbu video tasvirni erkakning oila aʼzolariga koʻrsatish hamda turmush oʻrtogʻidan ajratib yuborish bilan qoʻrqitib, undan tovlamachilik yoʻli bilan 400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qiladi. Lekin uning oʻylagani amalga oshmadi.

2022-yil 17-noyabr kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu tovlamachi ayol Buxoro tumani F.Xoʻjayev koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага