Buxoroda Karantin tadbirlarini ta'minlash bo'linmasi tomonidan yuqumli kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish choralari ko'rilmoqda
Karantin tadbirlarini ta'minlash bo'linmasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi hamda boshqa tegishli tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida o'ta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida bir qator profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Fuqarolar tomonidan bozorlarda go'sht, sut va ulardan tayyorlangan mahsulotlar bilan savdo qilishda veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish yuzasidan G'ijduvon tumanidagi “Dehqon bozori”da o'tkazilgan tadbirlar davomida Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi, 1993 yilda tug'ilgan fuqaro SH.A. 4 nafar ayollarni yollab, uy sharoitida qo'l bola usulda sotish maqsadida tayyorlangan 42 dona bir litrli bankada sariyog' mahsulotini hech qanday veterinariya hujjatlarisiz sotayotganliklari aniqlangan. Ushbu mahsulotdan namuna olinib tekshirilganda, uning iste'molga yaroqsiz ekanligi ma'lum bo'lgan. SHu sababli olingan sariyog' mahsulotlari veterinariya mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda yo'q qilingan.
SHuningdek, Buxoro viloyat IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash bo'linmasi va YHXB xodimlari tomonidan G'ijduvon tumani "Sarmijon" YPX maskanida o'tkazilgan tadbirlar davomida 13 fevralga o'tar kechasi 01:30larda “Buxoro-Navoiy” yo'nalishida harakatlanib kelayotgan Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l shahrida yashovchi, 1982 yilda tug'ilgan M.A. boshqaruvidagi “epika” rusumli avtomashinaning yukxonasi tekshirilganda, jami 124 kg og'irlikdagi yirik shoxli mol go'shtini hech qanday hujjatlarsiz olib ketayotganligi aniqlangan. G'ijduvon tuman Veterinariya laboratoriyasining 13 fevral` kunidagi xulosasiga ko'ra ushbu go'sht mahsuloti iste'molga yaroqsiz ekanligi ma'lum bo'lgan.
Har ikkala holatda ham huquqbuzarlarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 109-moddasiga (Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish) asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati