26 Iyun 2022
1098
Buxoroda noqonuniy yer savdosi bilan bogʻliq jinoyat fosh etildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib, unga ukasining nomidagi “G.A.” MCHJga qarashli 7 gektar ekin yer maydonini firibgarlik yoʻli bilan 120.000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 20.000 AQSH dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati