23 Iyun 2022
169
Buxoroda qoʻshmachi ayolning kirdikorlari fosh etildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor profilaktik tadbir davomida Buxoro shahar Piridastgir koʻchasida vaqtinchalik istiqomat qiluvchi, 2000-yilda tugʻilgan J.M., oʻziga tanish boʻlgan ikki nafar oʻsmir yigitlar bilan jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga ushbu oʻsmir yigitlarning har biridan 200.000 soʻmdan jami 400.000 soʻm pul olib, fohishaxona tashkil qilganligi fosh etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati