15 Iyun 2021 4482

Buxoroda telekommunikatsiya tarmog'idan qonunga xilof ravishda foydalanish jinoyati fosh etildi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tadbiri davomida, Buxoro Tibbiyot instituti talabasi G'ijduvon tumani Yangiobod mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug'ilgan N.N., mahalladoshi Buxoro davlat universiteti talabasi, 2001 yilda tug'ilgan A.e. va uning kursdoshi G'ijduvon tumani Dilkusho mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug'ilgan H.F. lar bilan bir guruh bo'lib, oldindan jinoiy til biriktirib, noqonuniy daromad olish maqsadida o'zlari vaqtinchalik istiqomat qilib kelgan Buxoro shahar Piridastgir ko'chasidagi ijara uyida o'zlariga tegishli bo'lgan “Redmi 6A” rusumli, “Redmi Note 9” rusumli, “Samsung A11” rusumli uyali aloqa vositalari xotirasiga xalqaro trafiklarni noqonuniy o'tkazish uchun foydalaniladigan “SimCash” dasturini o'rnatgan holda, xalqaro trafikni o'tkazish maqsadini ko'zlab telekommunikatsiya tarmog'idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish va ularning faoliyat ko'rsatishi uchun sharoitlar yaratish jinoyatini sodir qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.N., A.e. va H.F. larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2787-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага