11 Iyun 2022 550

Buxoroda uch avlod vakillari uchrashdi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nafaqadagi faxriy ayollar, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan shahodatlangan xodimalar hamda IIV Buxoro akademik litseyi oʻquvchi-qizlari ishtirokida uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilash toʻgʻrisida”gi tegishli farmoyish ijrosi yuzasidan IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati boshligʻining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Nargiza Mirjalolova ishtirok etib, sohada xizmat qilayotgan ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritdi.

Oʻtkazilgan yigʻilishda isteʼfodagi podpolkovnik G.Qodirova, mayor M.Ikramova, IIV Tibbiyot boshqarmasi bosh mutaxassis shifokori mayor N.Muxamedaliyeva, serjant A.Raximovalar soʻzga chiqib, yosh xodimlarga oʻz hayotiy tajribalari haqida gapirib berdilar.

Tadbir davomida ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning ish samaradorligini oshirish, oʻz ustida ishlash va xizmat burchiga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshirish maqsadida Buxoro davlat Universiteti psixologiya kafedrasi katta psixologi Dilafruz Ismatova tomonidan “Oila qalb taskin topuvchi-xotirjamlik maskani” mavzusida psixologik trening ham oʻtkazildi.

Treningda soha mashaqqatli va sharafli kasb egalarining fuqarolar bilan qanday muomalada boʻlish, farzand tarbiyasi, ish jarayonida uchraydigan muammolarni hal qilish borasida zarur bilimlarga ega boʻlishdi.

Bundan tashqari, yakunda ijobiy natijalarni qoʻlga kiritib kelayotgan bir guruh shahodatlangan xotin-qizlarga viloyat IIBning tashakkurnomasi, faxriy xodimalarga esdalik sovgʻalari berildi.

Tadbirda yuqori natijalarga erishib, safdoshlariga har tomonlama oʻrnak boʻlayotgan bir guruh faol xodimalar munosib taqdirlandi.

Uch avlod uchrashuvidan soʻng mehmonlar Buxoro viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi poliklinikasi hamda IIV Buxoro akademik litseyi va “Yulduzcha” nomli MTTda ham boʻlib, bunda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага