16 May 2022 312

Buxoroda yana bir kriminogen vaziyati og‘ir mahalla jinoyatchiligi joyida muhokama qilindi

Bugun, 16 may kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hamda G‘ijduvon tumani hokimi va boshqa mutasaddilar 3-sektorga qarashli ushbu tumanining kriminogen vaziyati og‘ir «Buktaroy» mahallasida sodir etilgan jinoyatlarni faollar ishtirokida muhokama qildilar.

Aytish joizki, mazkur mahallada joriy 2022 yilning bugungi kuniga qadar jami 2 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, bular og‘ir turdagi jinoyatlar turkumiga kiradi.

Boshqarma boshlig‘i masʼullar ishtirokida o‘tkazgan muhokama jarayonida mahallada sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hisobotlarini tingladi. Jinoyatlarning sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlarni birma-bir tahlil qildi.

Muhokamada mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori, ichki ishlar boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Mahallada kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, «fuqarobay», «oilabay» va «xonadonbay» tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага