Buxoroda "Yo'l harakati xavfsizligi targ'ibot kuni" jadallik bilan olib borilmoqda
Joriy yilning 14 avgust kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda tuman (shahar) ichki ishlar idoralari xodimlari va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda "Yo'l harakati xavfsizligi targ'ibot kuni" munosabati bilan keng qamrovli tadbirlar, targ'ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi.
Viloyatning Vobkent tumani hududidan o'tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil` yo'lining 239 km.da ertalabki tig'iz vaqt oralig'ida piyodalarning xavfsizligini ta'minlash ishlari olib borildi.
M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil` yo'lining G'ijduvon tumanidan o'tgan qismida ham harakat xavfsizligini ta'minlash borasida harakat posbonlari tomonidan xizmat olib borildi.
Buxoro viloyati Shofirkon tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda tumanning markaziy ko'chalari va mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan yo'llarida ham harakat xavfsizligini ta'minlash yuzasidan tadbirlar amalga oshirildi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Buxoro tumani ichki ishlar bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda shahar va tuman hududidagi avtoturargohlarda targ'ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi.
Bunda, yo'nalishsiz taksi haydovchilariga karantin tartib qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat olib borishlari, harakat xavfsizligi qoidalariga to'la rioya qilishlari, tibbiy tekshiruvdan o'tib, avtomashinalarini dezinfektsiya qilib, kunlik texnik ko'rikdan o'tkazgandan so'ng yo'nalishga chiqishlari yuzasidan tushuntirish berilib, profilaktik suhbatlar o'tkazildi.
"Sarmijon" muntazam yo'l-patrul` maskanida reydlar o'tkazilib, yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan choralar ko'rilmoqda.
Shuningdek Buxoro viloyati G'ijduvon tumani "Buktaroy" mahallasida tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i ishtirokida tumanda sodir bo'lgan yo'l transport hodisasi muhokamasi o'tkazildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati