21 May 2022 666

Chet tillari boʻyicha imtihonlar oʻtkazildi

Xorijiy tillarni bilish professional salohiyatning muhim belgilaridan biri sanaladi. Bugun ichki ishlar organlari tizimida ham ushbu mezonga ehtiyoj va zarurat oshib bormoqda.

Davlatimiz rahbarining qarori asosida xorijiy tillarni mukammal bilgan va buni amaliy faoliyatida samarali qoʻllab kelayotgan xodimlar uchun qoʻshimcha ragʻbatlantirish tizimi joriy qilingan edi. Bu esa ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning chet tillarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga turtki berdi.

Joriy yilning 11–14-may kunlari chet tillarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlarning ikkinchi bosqichi oʻtkazildi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan tadbirda birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan IIV markaziy apparati, hududiy ichki ishlar organlari va taʼlim muassasalari xodimlari ishtirok etdi. Sinovlar ogʻzaki suhbat, yaʼni tinglab tushunish, oʻqib gapirib berish va yozish shaklida qabul qilindi.

Endilikda imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarning maxsus sertifikati tegishli ichki ishlar organlariga yuboriladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага